tgoop.com/vovopapcom/670
Last Update:
Soat kechgi 7pm bo'ldi. Siz esa hali ham o'sha lanati task ustida ishlab o'tiribsiz. Ertalabdan beri kovlamagan teshigingiz qolmadi. Uni ustiga standup meetingda 1 soatlik ish deb qo'ygansiz.
Dasturchilar orasida bu tez kuzatiladigan xolat. Hech kuyinmang sizga zo'r strategiya o'rgataman — timeboxing!
Timeboxing bu bir ishni vaqt bilan chegaralash. Vaqt tugagach ish bajarilib tugadimi yoki yo'q ishni (vaqtincha) yakunlab boshqa ishga o'tilishi kerak.
Timeboxing quyidagi xolatlarda foydali:
— Bazida kichik ko'ringan ishlar kattalashib ketadi. Shunday xolatlarda kun uchun qilingan rejalardan uzoqlashmaslikka yordam beradi.
— Juda ko'p vaqt sarflash arzigulik bo'lmasligi mumkin. Ishning natijasini/foydasini to'g'ri baxolashni o'rganing.
— X vaqtdan keyin boshqalardan yordam so'rasangiz vaqtdan va energiyadan yutasiz. Hamkasblaringizdan foydalanishni o'rganing.
— Bazida muammoga yechim bir o'tirishda kelmaydi. Timebox qilib boshqa ishga o'ting. Keyinroq yangi qarashlar (perspective) bilan... Baaam! Bingo!
Samarali dasturchilar oldilaridagi to'siqlarga rozi bo'lishmaydi, xuddi epchil savdogardek wiggle-wiggle qilib to'siqlarni chetlab o'tishadi.
BY Vohid Karimov | Hello world
Share with your friend now:
tgoop.com/vovopapcom/670