tgoop.com/vovopapcom/684
Last Update:
Proyektingiz maintenance’ga tushsa tepadagi xolatda qolasizmi yoki ketasizmi?
Albatta bu yerda yagona to’g’ri yechim yo’q. Hamma har xil xolatda. Kimdur student, kimdurda faqat ish masuliyati bor. Kimdur flexible, kimdurda oila masulyatlari bor. Lekin umuman o’ylab ko’rsam yangi ish topish ko’p xolatda yaxshi yechim ekan.
1. Ipidan ignasigacha biladigan proyektingizda yangi muammolar ustida ishlamaysiz va yangi narsalar o’rganmaysiz. Komandaga endi qo’shilgan bo’lsangiz ham tez orada siz bilmagan narsa qolmaydi — xush kelibsan, comfort zone va stagnation!
2. Proyekt maintenance’ga tushdi degani sizni tez orada ishdan xaydashi extimolligi katta degani. Ayniqsa agar bu xali yetarlicha klientlari bo’lmagan startup bo’lsa.
3. Ishdan xaydashmasalar ham, siz komandada yagona bo’lasiz chunki maintenance uchun ko’p odam kerak emas. Komandaning o’rni juda katta. Birinchi o’rinda albatta bir-biringizdan o’rganib rivojlanish va networking qilish uchun kerak. Yana, odamlar “social creature” ekanligini xisobga olganda komanda bilan ishlash xar doim maroqli va qiziqarli.
4. O’smayotgan proyektda sizda juda katta extimollik bilan promotion bo’lmaydi. Ketaman deb ultimatum qo’ysangiz, o’rningizga orzonrog’ini olib kelishadi.
5. Bu ishdan keyin boshqa ish topish qiyinroq bo’lishi mumkin chunki siz o’sha vaqtni “quruq” o’tkazdingiz — qiziq muammolar yechmadingiz. Siz endi $1500 xoxlaysiz lekin darajangiz/maxoratingiz/bilimingiz hali ham $1000ga mos.
BY Vohid Karimov | Hello world
Share with your friend now:
tgoop.com/vovopapcom/684