tgoop.com/vovopapcom/690
Last Update:
Bir yosh dasturchi: Vohid brat, shu desez… hamma eng zo'r dasturchi bo'lishga harakat qiladi. Men aksincha eng yomon dasturchi bo'lmoqchiman. Nima maslahat berasiz?
Men: Xop, unda meni eshiting...
Hammasi maqsaddan boshlanadi. Dasturlash soxasiga kirishdan asosiy maqsadingiz pul bo’lishi kerak. Dasturlash soxasiga qiziqishingiz qancha kam bo’lsa shuncha yaxshi.
Keyin dasturlash tili keladi. Boshida haftalab o’ylanib yuring qaysi dasturlash tilidan boshlasam ekan deb. Keyin bir tilni chuqur o’rganib yurmang-a ishqilib. Birini sal-pal o’rganib keyingisiga o’ting.
Afsuski, tildan tilga sakrashni o’zi yetmaydi. Siz tinimsiz yangi frameworklar o’rganishingiz kerak. Keyin, har bir frameworkni qanday o’rganishni bilasiz-a? Yashang, sayoz.
To’xtang, siz ingliz tilini bilaman dedizmi? Hmm unda sal qiyin bo’ladiyo. Mayli amallasa bo’ladi, asosiysi uni dalshe rivojlantirmang va technical communication ustida ishlamang.
Keyin, dasturlash soxasida sizga ziyon bir odat bor, ko’p yaxshi dasturchilar qiladigan. Bu algorithmic problem solving. Umuman unday narsani yaqiniga bormang. Aks xolda sizni big techga tiqib qo’yishadi. Yurasiz katta masshtabdagi qiziq muammolarni xal qilib. Impact emish.
BY Vohid Karimov | Hello world
Share with your friend now:
tgoop.com/vovopapcom/690