tgoop.com/vovopapcom/694
Last Update:
Telegram postlarimda 4ta sifat bo'lishni xoxlayman:
— mazmunli
— foydali
— qiziqarli/kulguli
— ixcham
Bir post yozishdan oldin o'zimdan bir muhim savolni so’rayman: Men qanday fikrni yetkazmoqchiman? Postni o’qiganlar o’zi bilan yagona bir message olib ketadimi? Agar javob yo’q bo'lsa postni chopaman 🪓
Foydali bo'lishi ham juda muhim. Foydali bo'lmasa obunachilarni vaqtini bekorga sarflagan bo'laman — postni chopish kerak 🪓
Agar iloji bo'lsa qiziqarli va kulguli qilishga harakat qilaman. Meni kanalimni insomniaga uchraganlar uxlab qolish uchun ishlatishlarini xoxlamayman.
Postni chiqarishdan oldin qo'limga boltani olib har gapni/so'zni savolga tutaman: Fikrimni yetkazishim uchun sen rostan kerakmisan? Javob yo'q bo'lsa gapni/so’zni chopaman 🪓
Har doim ham bunga amal qila olmayman albatta, lekin harakat qilaman.
BY Vohid Karimov | Hello world
Share with your friend now:
tgoop.com/vovopapcom/694