tgoop.com/vovopapcom/817
Last Update:
Singapurlik do'stim va uni ota-onasi bilan Myunxendagi bir restoranda kechgi ovqatga o'tirib qoldik. U bolani shaxsini yashirgan xolda uni ismimi Bob deymiz.
Bobni ota-onasi Singapurda yashaydi, hozirda sayohatga chiqishgan va o'g'lini birovga ko'rib o'tgani bizni shaxarda to'xtashgan.
Hammamizni ovqatimiz keldi va sekin yeyishni boshladik. Shu yerda men umrimda ko'rmagan xolat bo'ldi.
Do'stimni dadasi "Wow, this dish is every delicious. I love you, son" deb o'zini ovqatidan Bobni tarelkasiga soldi. Bob esa "My food is really good too. I love you, dad and mom" deb ikkovlarini tarelkalariga o'zini ovqatidan soldi 🤯
Keyin esa Bob menga ham "I love you, Vohid" deb tarelkamga ovqat solib qo'ydi 🤯
Nima deyishni bilmay qoldim. 5 minut nima bo'lganini xazm qilganimdan keyin men ham o'zimni ovqatimdan ularga ulashdim. Lekin I love you deyolmadim 🥲
BY Vohid Karimov | Hello world
Share with your friend now:
tgoop.com/vovopapcom/817