tgoop.com/vovopapcom/822
Last Update:
Nega Yevropada bir xil joylarga boraveraman?
Yevropada yashashning eng katta avzalliklaridan biri bu ~30ta davlatga visasiz chiqa olishingiz. Bunga qaramay men bir xil joylarga sayohat qilaveraman: Berlin, Hamburg, Amsterdam, va Warsaw.
Nega? Javob oddiy — odamlar.
Men sayohat qilishni 2017-yilda boshlaganman. Schengen visa olib Yevropani aylanib kelganman (yana bir bor 2019-yilda). Munichga ko’chib o’tib 2022-2023 yillari juda ko’p Yevropa shaxarlarini kezib chiqdim. Instagramim rasmlarga to’lib ketgan.
Men uchun yana bir yangi shaxarni ko’rish uncha qiziq bo’lmay qolgan. Hozirda esa faqat maroqli va pozitiv odamlar bilan sayohat qilish imkoni bo’lsagina borishga rozi bo’laman. Yoki men borayotgan joyda yaqin qarindoshlar va do’stlar bo’lsagina boraman.
Bu safargi Berlinga bo’lgan sayohatim ham huddi shundek bo’ldi. Jahongir aka, Dilmurod, Javokhir, va boshqalarga mexmondo’stlik uchun tashakkur aytaman.
Positiv bo’ling va atrofingizga positiv odamlarni yeg’ing — xayotingiz mazmunli va go’zal bo’ladi.
BY Vohid Karimov | Hello world

Share with your friend now:
tgoop.com/vovopapcom/822