tgoop.com/vovopapcom/829
Last Update:
Maqsadlar sari asta qadam bosyapsiz. Har xil muammolarga duch kelyapsiz. Bazilari kichik, bazilari katta. Qiyin bo'lishiga qaramay astalik bilan davom etyapsiz.
Sizni hech kim payqagani yo'q. Atrofizdagilar siz qilayotgan harakatlar ahamiyatini tushunmayapti. Hayotingiz kundan kunga sezilarli o'zgarayotgani yo'q. Bazida hayotingiz zerikarli ham tuyiladi. Lekin siz doimiy harakatdasiz: izlanyapsiz, o'rganyapsiz, va quryapsiz.
Huddi shu zerikarli lekin barqaror vaqtlar siz va maqsadlaringiz uchun juda muhim paytlar. Chunki huddi shu paytlarda siz kelajagingizni o'zgartiradigan asl qadamlarni qo'yayapsiz. Mehnat qilyapsiz.
Yetarlicha vaqt o'tib sizni payqashni ham boshlashadi, xattoki osmonga ham otishlari mumkin. Shunday bo'lganda siz maqtovlar tagida ko'p vaqt o'tkazmang. Sukunatga qaytib yo'lingizda davom eting chunki siz endi boshladingiz. Sizning maqsadlaringiz buyukroq.
Keep calm and grind on!
BY Vohid Karimov | Hello world
Share with your friend now:
tgoop.com/vovopapcom/829