tgoop.com/xalqchilipo/128
Last Update:
"Xalqchil IPO" dasturining dastlabki natijalari sarhisob qilindi!
2024-yil 26-sentyabrdan 8-noyabrga qadar "Xalqchil IPO" dasturi doirasida "O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi" AJ (UZEX) aksiyalari ommaviy joylashtirildi.
💼 Investorlardan arizalar: UZEX aksiyalarini taklif etish kampaniyasi katta qiziqish uyg‘otdi — jismoniy va yuridik shaxslardan 3 606 466 dona aksiya sotib olish uchun 46,6 mlrd so‘mlik 12,6 ming ariza kelib tushdi, bu rejalashtirilgan joylashtirish hajmining 108 foizini tashkil etadi.
📈Arizalar taqsimoti: ta’kidlash joizki, birinchi navbatda jismoniy shaxslarning arizalari qanoatlantirildi. Natijada, jami 42,9 mlrd so‘mlik 11 298 ta ariza qanoatlantirilib, quyidagicha taqsimlandi:
👥 jismoniy shaxslar - 11 234
🏢 yuridik shaxslar - 64.
Ta’kidlash joizki, UZEX aksiyadorlari navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining 2024 yil 26 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, investorlarga "Xalqchil IPO" dasturi doirasida sotib olingan har bir aksiya uchun 4 tadan qo‘shimcha aksiyalar taqdim etiladi.
Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram |YouTube |Instagram | Facebook
BY Xalqchil IPO
Share with your friend now:
tgoop.com/xalqchilipo/128