tgoop.com/xayrliuz/551
Last Update:
Ba'zida "Men farishta emasman. Xato qilishga haqqim bor" yoki "odamzod farishta emas", degan fikrlarni eshitib qolamiz.
To'g'ri, inson farishta emas, farishta bo'la olmaydi. Lekin u o'z nafsoniy xohishlarini yengib, farishtadan ham yuqori turishi mumkin.
“Eslang, (ey, Muhammad,) Rabbingiz farishtalarga: “Men Yerda xalifa (Odam) yaratmoqchiman”, deganida, (ular) aytdilar: “ Unda (Yerda) buzg‘unchilik qiladigan, (nohaq ravishda) qonlar to‘kadigan kimsani yaratmoqchimisan? Holbuki, biz Senga hamding bilan tasbehlar aytamiz va Seni muqaddas deb bilamiz”. (Alloh) aytdi: “ Men sizlar bilmagan narsani bilaman”.
Nazarimda, bu ochun yaralgandan beri bu dunyo shaytondan ham tuban, farishtadan ham pok insonlarni ko'rgan va hol bundan keyin ham davom etsa kerak.
👉 @xayrliuz
BY XAYRLI...
Share with your friend now:
tgoop.com/xayrliuz/551