tgoop.com/yuristkadr/14028
Last Update:
#sudishi ⚠️ Hurmatli ish beruvchilar! Intizomiy jazo choralarini qo‘llashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilinglar! Xodimga asossiz va ga’yriqonuniy ravishda intizomiy jazo qo’llamanglar!
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudida javobgar “XXX”ga nisbatan da’vogar Chariyeva Shoxista Shuxratovnaning hayfsan intizomiy jazosini bekor qilish, ma’naviy ziyon, ga’yriqonuniy qo’llanilgan intizomiy jazo oqibatida olinmay qolingan mukofot pullarini undirish haqidagi da’vo arizasi qanoatlantirildi.
Hal qiluv qaroriga muvofiq xodimga qo’llanilgan hayfsan intizomiy jazo chorasi bekor qilindi, 8-dekabr va 1-yanvar munosabati bilan berilishi kerak bo’lgan 11 million so’m mukofot pullari hamda 17 million ma’naviy ziyon, jami 28 million so’m undirilib berilishi belgilandi! Gap pulda emas (pulning qanchaligida😊), eng muhimi xodimga asossiz va ga’yriqonuniy ravishda qo'llanilgan hayfsan bekor qilindi!
Kurashsang arziydi haqiqat uchun,
Kurashib yurganlar haqdir, odildir …
Shavkat Rahmon
BY YURISTKADR

Share with your friend now:
tgoop.com/yuristkadr/14028