tgoop.com/zebinisopsixolog/4830
Last Update:
Ishonch nafasini oling, qo‘rquv nafasini emas.
Ishonchni o‘n yillar davomida topilmaydi. Ishonchni o‘n yillar davomida shakllantirilmaydi. Bitta qaror, bitta jur’at, bitta nafas va tishni tishga mahkam qo‘yish. Bu eski, birdaniga yo‘q bo‘lmaydi deganlar menga insho yozishmasin. Bitta nafas yetarli. Siz boshqa insonga aylanasiz. Azroildan qo‘rqish kerak emas. Ammo Azroil kelgunicha o‘lish ham kerak emas. O‘zingizga ishonmaslik bu o‘zini ko‘mish, tiriklayin nafasini bo‘g‘ish va o‘ldirish bilan barobar. Ustingizdan kulishsa, o‘tib ketadi, tuhmat o‘tib ketadi, kasallik o‘tib ketadi, nafas olishdan to‘xtamayapsizmi, demak yashash kerak. Ruhiyat nafasi esa, ishonch, Yaratganga suyanib, o‘zingizga ishonch. Avvalo, nafas olayotganingizga ishoning. Endi bir daqiqa nafas olmang. Qanday bo‘larkan? Ruhiyat nafas olmayotgan bo‘lsa-chi? Nafas oling ruhiyatingizga, nafas oling, ishoning, o‘tib ketadi, yana o‘tib ketadi, hammasi o‘tib ketadi. Qochmang, yenging! Bitta nafas va yenging!
Zebiniso Ahmedovaning "Nasiyaga olingan baxt yoki tushkunlikdan chiqish sirlari" kitobidan kichik lavha
▪️Rasmiy kanal:
👉 @ZebinisoPsixolog
BY Zebiniso Ahmedova — psixolog. psixiatr blogi
Share with your friend now:
tgoop.com/zebinisopsixolog/4830